Новости

Последние новости

Kotib

Mirzo Ulug‘bek tumanida har bir mahalla, maktab va oliygohda O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tayinlangan yoshlar yetakchilari faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan mahalladagi yoshlar balansini shakllantirish, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yigit-qizlarga subsidiya va imtiyozlar olishda ko‘maklashish hamda hududda “Besh muhim tashabbus” doirasida to‘garaklar tashkil etish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati mudiri Shoanvar Shomaxmudov “Oqqo‘rg‘on” va “Oydin” mahallarining yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda yoshlar yetakchilari mahallalari yonma-yon ekanligi sababli “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni “Yoshlar daftari” va ”Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ishlarni hamkorlikda tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar bilan tanishtirdilar.

Mahalla profilaktika inspektori ham huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan olib borilayotgan tizimli ishlar haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, mahallani obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish borasida amalga oshirlayotgan ishlar o‘rganilib, muammoli holatlarni bartaraf etish yuzasidan choralar belgilandi.

Slide 1 of 3