Новости

Последние новости

янв.21
Fuqarolar murojaatlari e'tiborda
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 2026-yil 9-iyundagi VII-22-45-5-72-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan tumandagi yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli, samarali va xavfsiz tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtlarini foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish hamda iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan monitoring olib borilmoqda.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglandi va ijobiy yechim topdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi kotibiyatida kadrlar bilan ishlash tizimi hamda kotibiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari o‘rganildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi kotibiyatida kadrlar bilan ishlash tizimi hamda kotibiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sarvar Irgashev tomonidan Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi raisi hamda Kengash kotibiyati xodimlari ishtirokida kotibiyat faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi. Jarayonda kotibiyat xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, davlat fuqarolik xizmati sohasidagi amaldagi qonunchilik talablari, kadrlar siyosatini samarali tashkil etish, mehnat munosabatlarini qonunchilik asosida yuritish, deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda kotibiyat ishini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

📝 O‘rganish davomida kotibiyatda kadrlar hujjatlarini yuritish, xodimlarning shaxsiy yig‘majildlarini shakllantirish, mehnat shartnomalari va buyruqlarni qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirish, lavozim yo‘riqnomalarini yuritish, vakant lavozimlar bilan ishlash, davlat fuqarolik xizmatchilarining malakasini oshirish, shuningdek deputatlar faoliyatini tashkiliy ta’minlash, sessiyalar va doimiy komissiyalar ishini samarali tashkil etish, deputatlik so‘rovlari hamda nazorat tadbirlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, deputatlarning haftalik ish rejalari ijrosini monitoring qilish, saylov okruglarida olib borilayotgan o‘rganishlarni muvofiqlashtirish hamda ijro intizomiga rioya etilishi holati atroflicha tahlil qilindi.

💡 Shuningdek, deputatlar tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, ekspert hamda Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish, sessiyalar va doimiy komissiyalarni qonunchilik talablariga muvofiq tayyorlash va o‘tkazish, kun tartibini shakllantirish, qaror loyihalarini sifatli ishlab chiqish va rasmiylashtirish, davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etish, xizmat intizomi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish talablarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

🔎 Xususan, deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar ijrosini ta’minlash, "Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari"ni sifatli yuritish, O‘zbekiston Respublikasining 162 ta eng muhim qonuni ijrosi yuzasidan doimiy komissiyalar faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, deputatlar va biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, hududlarda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida deputatlik nazoratiga olish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralarni ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🖥 O‘rganish jarayonida "E-Kengash" axborot tizimidan foydalanish holati ham batafsil tahlil qilinib, deputatlar murojaatlari va ularning ijrosi, qabul qilingan qarorlarning tizimga o‘z vaqtida kiritilishi, sessiya materiallarining sifatli tayyorlanishi, hujjatlarni elektron shaklda yuritish, kadrlar hujjatlarini raqamlashtirish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3