35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Kulolon mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yashnaobod mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda O‘zbekiston "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova hamkorlikda Qalayi Azizon mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 4-Oqsoch saylov okrugidan saylangan deputat R. Valiyeva Yangi Hayot mahallasida bo‘lib, aholi bandligi holatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Usmonova o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning taklif va muammolarini tingladi. Tashrif davomida oilalarning yashash sharoiti, tomorqalardan samarali foydalanish holati, tozalik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda tomorqa madaniyatini yanada rivojlantirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov okrugida bo‘lib, aholi xonadonlariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida oilalarning daromad manbalari, yashash sharoiti, tomorqalardan samarali foydalanish holati hamda mahalladagi obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 12-Xusbuddin saylov okrugidan saylangan deputati L. Niyozova 17-son oilaviy poliklinikaga tashrif buyurib, muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda bepul beriladigan dori-darmonlar ta’minoti holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati M. Karimovaga fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti yuzasidan kelib tushgan murojaatlar o‘rganildi.
янв.21
Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
#deputat_daftari #24_ta_masala

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri Bobur Xamrayev hamda 8-Baxshitepa saylov okrugi deputati Fotex Raxmatov ishtirokida Baxshitepa mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida migratsiyadan qaytgan fuqaroning bandligini ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi. Fuqaro tomonidan chorvachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida imtiyozli kredit ajratish yuzasidan murojaat qabul qilindi.

Murojaat yuzasidan tuman Agrobank mas’ullari bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilib, fuqaroga qora mol xarid qilish uchun imtiyozli kredit ajratish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishga kelishib olindi.

Mazkur tashabbus fuqaroning doimiy bandligini ta’minlash, oilaviy daromadini oshirish hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram |
📹 Youtube

Slide 1 of 2