35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 4-Oqsoch saylov okrugidan saylangan deputat R. Valiyeva Yangi Hayot mahallasida bo‘lib, aholi bandligi holatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Usmonova o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning taklif va muammolarini tingladi. Tashrif davomida oilalarning yashash sharoiti, tomorqalardan samarali foydalanish holati, tozalik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda tomorqa madaniyatini yanada rivojlantirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov okrugida bo‘lib, aholi xonadonlariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida oilalarning daromad manbalari, yashash sharoiti, tomorqalardan samarali foydalanish holati hamda mahalladagi obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 12-Xusbuddin saylov okrugidan saylangan deputati L. Niyozova 17-son oilaviy poliklinikaga tashrif buyurib, muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda bepul beriladigan dori-darmonlar ta’minoti holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati M. Karimovaga fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti yuzasidan kelib tushgan murojaatlar o‘rganildi.
янв.21
Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
"Dolzarb 40 kunlik" oyligi doirasidagi o‘rganishlar davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi U. Bobojonov hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Saroy mahallasida bo‘lib, murojaati va muammolari mavjud fuqarolar holatini joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov okrugida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jarayonida faol ishtirok etmoqda.
янв.21
Oqrabot mahallasida uchrashuv va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
#162_qonun #biriktirilgan_tashkilot #dastur_ijrosi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lidagi muhim loyiha
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Dilafro‘z Ulug‘boyeva, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri A. Hakimov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov Fayziobod mahallasida joylashgan 42-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida barpo etilayotgan 210 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilish ishlari bilan tanishdi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ–393-son qarori asosida 3 milliard 192 million so‘m mablag‘ evaziga amalga oshirilmoqda.
Tashrif davomida qurilish-montaj ishlarining borishi, loyiha talablariga rioya etilishi, qurilish sifati hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mas’ullarga ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 3