Новости

Последние новости

янв.21
Sog‘lom hayot sari muhim targ‘ibot
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi, deputat so‘rovi tayyorlanmoqda
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rganmoqda
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rganmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e'tiborda
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 2026-yil 9-iyundagi VII-22-45-5-72-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan tumandagi yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli, samarali va xavfsiz tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtlarini foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish hamda iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan monitoring olib borilmoqda.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglandi va ijobiy yechim topdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
Korrupsiyaga qarshi keskin kurash: Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish tizimida qonun ijrosi hamda shaffoflik masalalari muhokama qilindi
Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlariga biriktirilgan tashkilotlar bilan tizimli hamkorlik doirasida Termiz shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonuni (O‘RQ–419, 2017-yil 3-yanvar) ijrosi yuzasidan o‘rganish va amaliy uchrashuv o‘tkazildi.

💬Unda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, bosh mutaxassislar R.Mamashukurov va A.Temirov hamda bo‘limning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

💬O‘rganish davomida ishlab chiqilgan savolnoma asosida qonun ijrosining amaliy holati tahlil qilinib, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

🟢korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar;
🟢xodimlarning kasbiy etikasi, halollik va xizmat intizomiga rioya etishi;
🟢fuqarolarni ishga joylashtirish, ishsiz sifatida ro‘yxatga olish hamda subsidiyalar ajratish jarayonlarining shaffofligi;
🟢xizmatlarni raqamlashtirish orqali inson omilini va korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish;
🟢murojaatlar bilan ishlashda byurokratik to‘siqlar, ta’magirlik va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish;
🟢aholining huquqiy ongi va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar.

💬Muhokamalar davomida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz muhit yaratish, davlat mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanish, fuqarolarga teng va adolatli xizmat ko‘rsatish ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.

💬"Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash uchun davlatimiz tomonidan ulkan mablag‘lar ajratilmoqda. Ushbu mablag‘larning sarflanishida hech qanday qarindosh-urug‘chilik, tanish-bilishchilik yoki manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. Har bir xodim o‘z xizmat vazifasini halollik, xolislik va qonuniylik tamoyillari asosida bajarishi shart," — deya ta’kidladi Kengashi raisi D.Normuradova.

🫥Uchrashuv yakunida bo‘lim faoliyatidagi korrupsiyaviy xavflarni muntazam baholab borish, ichki nazorat mexanizmlarini yanada kuchaytirish, xizmat ko‘rsatish sifati va shaffofligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.
Slide 1 of 3