Новости

Последние новости

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI DEPUTATLIK NAZORATIDA.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati,“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya” raisi Salimboyev Xasan Dilmurodovich tomonidan "Quyosh" mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.Nazorat davomida mahalladagi "Mahalla yettiligi" faoliyati hamda hokim yordamchisi B.To‘ychiyev tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolar daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.O‘rganish natijalariga ko‘ra, 3 nafar ishsiz fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilgan, 50 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan. Shuningdek, yil boshidan buyon 8 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun jami 268
million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgani, 55 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgani ma’lum qilindi.Bundan tashqari, 4 nafar fuqaro uchun kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida mikroloyihalar amalga oshirilib, ularning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun amaliy ko‘mak ko‘rsatilgani qayd etildi.Nazorat tadbiri yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholi bandligini oshirish, oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.Belgilangan vazifalar ijrosi ustidan deputatlik nazorati davom ettirilishi ta'kidlandi.
  

Slide 1 of 3