Новости

Последние новости

янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat – yoshlar bilan doimiy muloqotda
янв.21
Bakteriologiya labaratoriyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
📌 "Qunduz" mahallasida birinchi yarim yillikda qanday ishlar bajarildi?

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari hamda Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyalarining qoʻshma qarori qabul qilindi. Unda "Qunduz" MFY raisi U. Ruzmetovning "Mahalla yettiligi" tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti atroflicha koʻrib chiqildi va ma’qullandi.
📉 Asosiy iqtisodiy va ijtimoiy koʻrsatkichlar:
Kambagʻallikni qisqartirish: Mahalladagi tizimli ishlar natijasida kambagʻallik darajasi 8 foizdan 4,9 foizgacha tushirildi.
Kredit va tadbirkorlik: 23 nafar oʻzini oʻzi band qilgan fuqaroga "Agrobank" tomonidan jami 863 million soʻm imtiyozli kredit ajratilib, 7 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etildi.
Yoshlar bandligi: "Qizil" toifadagi 7 nafar ishsiz yoshlarning barchasi muqarrar band qilindi.
"Yashil" mahalla: Profilaktik tadbirlar natijasida mahallada ogʻir jinoyatlar qayd etilmadi va kriminogen vaziyat barqaror saqlanib qolindi.
Mahalla budjeti: Jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk soligʻidan tushgan mablagʻning 10 foizi (23 mln 210 ming soʻm) mahallaning oʻz budjetida qolib, obodonlashtirish ishlariga yoʻnaltirildi.
⚡️ Doimiy komissiyalar qaroriga koʻra, "Mahalla yettiligi" tomonidan amalga oshirilgan ishlar qoniqarli deb baholandi va kelgusida kambagʻallikni yanada qisqartirish hamda infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Mazkur masala xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilmoqda.