Новости

Последние новости

янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat – yoshlar bilan doimiy muloqotda
янв.21
Bakteriologiya labaratoriyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📍 24-sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish olib borildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 Jumladan, "Gulchinor" mahallasida Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlarining 2026-yil I choragidagi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

📊 O‘rganish davomida jamg‘arma mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi, hudud infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha bajarilgan ishlar, aholi murojaatlari asosida amalga oshirilgan tadbirlar hamda mahalladagi dolzarb muammolarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan choralar tahlil qilindi.

🤝 Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda jamg‘arma mablag‘laridan samarali foydalanishni ta'minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅ Bunday o‘rganishlar hududlarni kompleks rivojlantirish, mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda aholi manfaatlarini ta'minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4