Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat – yoshlar bilan doimiy muloqotda
янв.21
Bakteriologiya labaratoriyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Laboratoriya faoliyati o‘rganildi
янв.21
Murojaatlar ijrosi – doimiy nazoratda
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatining tasdiqlangan ish rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida Kengash kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif amalga oshirildi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatining tasdiqlangan ish rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida Kengash kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida ta’lim
muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati atroflicha o‘rganildi. Jumladan, isitish tizimining texnik holati, qozonxona va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining ishga shayligi, sinf xonalari hamda boshqa xizmat xonalarining mavsumga tayyorligi, elektr ta’minoti va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, muassasa rahbariyati bilan amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari, mavjud muammo va ehtiyojlar muhokama qilinib, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi. Ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay shart-sharoitlar yaratish, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish hamda belgilangan chora-tadbirlarni o‘z muddatida va sifatli bajarish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Tashrif yakunida aniqlangan holatlar bo‘yicha tahlil qilinib, belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. 

Slide 1 of 4