Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma to‘qqizinchi sessiyasi oldidan mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga oid masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi.
Muhokamalar yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, ularni Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha qaror qabul qilindi.