Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya va sanoat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining xulosasi doimiy komissiya raisi Miryunusov Alisher Xabibullayevich tomonidan Kengash sessiyasida o‘qib eshittirildi.
Komissiya xulosasida qayd etilganidek, kun tartibiga kiritilgan masala doimiy komissiya yig‘ilishida amaldagi qonunchilik talablari asosida atroflicha ko‘rib chiqilib, mutasaddilarning axboroti tinglandi hamda deputatlar ishtirokida muhokama qilindi.
Muhokamalar yakuniga ko‘ra, masala yuzasidan tegishli xulosa hamda Kengash qarori loyihasi ishlab chiqilib, uni Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining sessiyasida ko‘rib chiqish tavsiya etilgani ta’kidlandi.