Новости

Последние новости

янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat – yoshlar bilan doimiy muloqotda
янв.21
Bakteriologiya labaratoriyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov hamda
kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan xalq deputatlari Quva
tuman Kengashi deputati, tuman hokimi X.Umarov saylangan hudud hisoblangan Baynalminal
mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.


O‘rganish jarayonida mahallada aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish,
tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash,
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Prezident
qarorlari va davlat dasturlari ijrosini ta’minlash borasida amalga
oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.


Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan aholini doimiy daromad manbai bilan
ta’minlash, imtiyozli kredit va subsidiyalardan samarali foydalanish,
kasb-hunarga o‘qitish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish yuzasidan olib
borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar va hal etilishi lozim bo‘lgan
masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Aniqlangan muammolar deputatning
nazorat hujjati hisoblangan “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd
etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni belgilash
hamda ijrosini ta’minlash nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 5