Новости

Последние новости

янв.21
Deputat – yoshlar bilan doimiy muloqotda
янв.21
Bakteriologiya labaratoriyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Laboratoriya faoliyati o‘rganildi
янв.21
Murojaatlar ijrosi – doimiy nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi R. Valiyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov bilan birgalikda tuman Kadastr palatasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputatining deputat so‘rovi asosida Paxtaobod mahalla fuqarolar yig‘inidagi Qadriyat va Paxtaobod ko‘chalarida amaliy ishlar boshlandi.
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 3-Yashnaobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati U. Bobojonov tashabbusi bilan Alisher Navoiy, Furqat, Gulzor hamda O‘zbekiston mahallalari "Yettiligi" va BSK tashkiloti hamkorligida ko‘p qavatli uy-joylar hududida obodonlashtirish ishlari yuzasidan o‘rganish olib borildi.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining navbatdagi o‘ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining navbatdagi o‘ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya ishida tumanda uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirishga doir ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish to‘g‘risida;

tumanda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasida shakllangan umumiy mablag‘lar doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasining axborotini, tuman hokimi hamda tumandagi davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida;

xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining saylovchilar oldida o‘z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berishning 2026-yilning uchinchi choragi uchun ishlab chiqilgan reja-grafigini tasdiqlash to‘g‘risida
gi masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 6