Новости

Последние новости

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI VA YOSH TADBIRKORLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI O‘RGANILDI

 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI VA YOSH TADBIRKORLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI
O‘RGANILDI


Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Xakimova hamda kotibiyat
bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan Guliston mahalla fuqarolar
yig‘inida yoshlar yetakchisining faoliyati va mahallada yoshlar bilan olib
borilayotgan ishlar o‘rganildi.


O‘rganish davomida yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning bandligini ta’minlash,
kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish, “Yoshlar daftari” bilan
ishlash, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi, yoshlarning bo‘sh vaqtini
mazmunli tashkil etish, sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga qamrovi,
shuningdek, murojaatlar bilan ishlash holati tahlil qilindi.


Shuningdek, mahalla yoshlar yetakchisi hamrohligida tadbirkorlik faoliyatini
boshlagan yoshlar faoliyati manzilli o‘rganilib, ular uchun yaratilgan
imkoniyatlar, faoliyatda uchrayotgan muammolar va ehtiyojlar yuzasidan suhbat
o‘tkazildi.


O‘rganish yakunida yoshlar bandligini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlash va yoshlar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish
bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.


Aniqlangan kamchiliklar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib,
ularni bartaraf etish deputatlik nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 4