Новости

Последние новости

янв.21
Bakteriologiya labaratoriyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Laboratoriya faoliyati o‘rganildi
янв.21
Murojaatlar ijrosi – doimiy nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi R. Valiyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov bilan birgalikda tuman Kadastr palatasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputatining deputat so‘rovi asosida Paxtaobod mahalla fuqarolar yig‘inidagi Qadriyat va Paxtaobod ko‘chalarida amaliy ishlar boshlandi.
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 3-Yashnaobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati U. Bobojonov tashabbusi bilan Alisher Navoiy, Furqat, Gulzor hamda O‘zbekiston mahallalari "Yettiligi" va BSK tashkiloti hamkorligida ko‘p qavatli uy-joylar hududida obodonlashtirish ishlari yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U. Bobojonov, tuman Kengashi deputatlari hamda siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida deputatlar faoliyatida foydalanish uchun 162 ta "Eng muhim qonunlar" to‘plami doimiy komissiyalar kesimida taqsimlandi.
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari U. Safarov va K. Mamanova Paxtakor mahallasida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdilar.

Deputatlar maktab binosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, xususan, fasadni bazalt qoplamasi bilan bezash jarayoni, qurilishning sifati hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlashdilar.

Shuningdek, qurilish-ta’mirlash ishlari o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda maktabning tashqi ko‘rinishini yanada obod va zamonaviy qiyofaga keltirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Deputatlar tomonidan olib borilayotgan ishlarning sifati va borishi hamda bunyodkorlik ishlari belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlanishi yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3