Новости

Последние новости

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi
“Ashirqulmergan” mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 29-“Oydinbuloq” saylov okrugidan saylangan deputat X.Abdullayev tomonidan o‘z saylov okrugi hududidagi “Ashirqulmergan” mahalla fuqarolar yig‘inida tasdiqlangan reja-grafik asosida “Mahalla yettiligi” bilan uchrashuv hamda o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘qon shahar Kengashi raisi A.Akbarov ishtirok etdi. O‘rganish jarayonini tashkil etishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adxamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar hamda hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, davlat dasturlari doirasida yangi barpo etilayotgan “Ashirqulmergan” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. Qurilishning borishi, loyiha hujjatlariga muvofiqligi, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda qurilish muddatlariga rioya etilishi yuzasidan monitoring olib borildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan pudratchi va mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli tavsiyalar berilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda qurilish ishlarini belgilangan muddat va sifat talablariga muvofiq yakunlash zarurligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3