Новости

Последние новости

янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat – yoshlar bilan doimiy muloqotda
янв.21
Bakteriologiya labaratoriyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mudiri A.Avliyakulov, deputat O‘.Omonov hamda tuman Kengashi mutaxassisi T.Murodov bilan birgalikda Yangiobod MFY hududida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–141-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.

Jarayon davomida hududdagi elektr energiyasi ta’minoti, ichimlik suvi tarmoqlari va ichki yo‘llar holati atroflicha o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar tahlil qilindi. Shuningdek, aholi bilan muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi.

Mazkur o‘rganish natijalari navbatdagi sessiyada muhokama qilinib, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholining turmush sharoitlarini yuksaltirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Hududdagi har bir muammo o‘rganilib, har bir masala amaliy yechim topishi deputatlar nazoratida!

Slide 1 of 7