Новости

Последние новости

янв.21
Maktab kutubxonalari holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar kuni munosabati bilan tarbiyaviy tadbir tashkil etildi.
янв.21
Tez tibbiy yordam markazi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Majburiy ijro byurosida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Tug‘ruqxona bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Madad NNT faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat fuqarolar bilan uchrashdi.
янв.21
G'oyibon mahallasida "Mahalla yettiligi" faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 25-Bobodo‘g‘i saylov okrugidan saylangan deputati Otabek Tilavov tomonidan tasdiqlangan reja asosida saylov okrugidagi ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M. Karimova, siyosiy partiyalar rahbarlari hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D. Qanoatov tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan "Tuman Adliya bo‘limining 2026-yil birinchi yarim yilligi davomida tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda huquqiy targ‘ibot holati to‘g‘risida"gi masala yuzasidan tuman Adliya bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
Kutubxona faoliyati o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati O‘zLiDeP a’zosi N.Uralova va kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Abdunazarov Farg‘ona mahallasida joylashgan kutubxona faoliyati bilan tanishdilar. Mavjud kitoblar soni shahar bo‘yicha 53967 ta bo‘lib, 13-dahadagi ko‘chma kutubxonasida 11216 ta badiiy kitoblar mavjud.
2026-yil smeta xarajatlari hisobidan 23,0 mln.so‘mga 495 dona yangi badiiy kitoblar xarid qilingan. Kutubxonaga tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgn shart-sharoitlar o‘rganilganda, bino xonalarini issitish tizimida muammolar mavjudligi aniqlandi. Issitish tizimi nosoz bo‘lganligi bois binoning yarmida issiqlik bo‘lmay, tashrif buyuruvchilar uchun noqulayliklarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu masala yechimi bo‘yicha mutasaddilarga deputatlik so‘rovi bilan murojaat etilishi belgilab olindi.
  

Slide 1 of 4