Deputatlik nazorati doirasida Andijon shahri “Hamkorlik” MFYdagi 72-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish ishlari yuzasidan o‘rganish olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-son qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralib, Andijon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi.
Javob xatini taqdim etish muddati — 10 kun.