Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 25-Bobodo‘g‘i saylov okrugidan saylangan deputati Otabek Tilavov tomonidan tasdiqlangan reja asosida saylov okrugidagi ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M. Karimova, siyosiy partiyalar rahbarlari hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D. Qanoatov tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan "Tuman Adliya bo‘limining 2026-yil birinchi yarim yilligi davomida tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda huquqiy targ‘ibot holati to‘g‘risida"gi masala yuzasidan tuman Adliya bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov hududida istiqomat qiluvchi murojaatchi fuqarolar bilan navbatdagi qabul va uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
“ADOLAT” SDP QIZILTEPA TUMANI KENGASHINING VII-PLENUMI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Oqmachit mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
3-sonli texnikumdagi shart-sharoitlar o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi MDPT fraksiyasi a’zolari Mamatxonov Bahodir Mullajon o‘g‘li va Tojiyev Kozimjon O‘ktamovichlar hamda tuman Kengashi deputatlari M. Karimova va F. G‘oziyevalar bilan birgalikda 20-sonli oilaviy shifokorlik punktiga tashrif buyurildi.
янв.21
Deputatlar bilan muhim qonunlar mazmunini yetkazish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi MDPT fraksiyasi a’zolari Mamatxonov Bahodir Mullajon o‘g‘li hamda Tojiyev Kozimjon O‘ktamovichlar tashrif buyurishdi.
#24_ta_masala

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan belgilangan 24 ta muhim tavsiyaning ijrosini ta’minlash maqsadida 12-Ipoq saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Xudayberdiyev Umidullo Bokiyevichning saylov okrugida o‘rganish ishlari amalga oshirildi. 

O‘rganish jarayonida mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar deputatlik nazorati tartibida tahlil qilindi. 

Mazkur o‘rganish tadbirida xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xo‘janov, xalq deputatlari tuman
Kengashi deputati, O‘zMTDP tuman Kengashi raisi A.Mamatmuratov, O‘zEP tuman Kengashi raisi B.Eshanqulova hamda tuman Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassislari ishtirok etdilar.
 

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.  

Slide 1 of 5