Xalq vakili o‘z saylovchilari bilan uchrashuvlar davomida ko‘tarilgan hamda aholi uchun g‘oyat muhim bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (bog‘cha) faoliyatiga doir masalani o‘rganib chiqdi.
Mazkur masalaga huquqiy va amaliy yechim topish maqsadida, deputat S. Muratbayeva tomonidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborildi.
Kelajagimiz davomchilari bo‘lgan bog‘cha yoshidagi bolajonlar uchun munosib sharoit yaratish – bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir.
"Farzandlarimizning sifatli ta’lim va tarbiya olishi — bizning bosh maqsadimiz. Saylovchilarimiz ishonchini oqlash va tumanimizdagi ijtimoiy masalalarni hal etish yo‘lidagi harakatlarimiz qat’iy davom etadi," — deydi deputat.