Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat – yoshlar bilan doimiy muloqotda
янв.21
Bakteriologiya labaratoriyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Laboratoriya faoliyati o‘rganildi
янв.21
Murojaatlar ijrosi – doimiy nazoratda
Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi

Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov hamda 11-Sabzipoya saylov okrugi deputati S.Ikromov bilan birgalikda Sabzipoya MFY hududida joylashgan 13-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan tashabbusli budjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni yaxshilash maqsadida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktab infratuzilmasini yanada rivojlantirish, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash va o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. Loyiha ijrosining sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yosh avlod uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish borasidagi ishlar doimiy nazoratda bo‘lib, bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 10