Новости

Последние новости

янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat – yoshlar bilan doimiy muloqotda
янв.21
Bakteriologiya labaratoriyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti – ijtimoiy himoya va farovon hayot kafolati

Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti – ijtimoiy himoya va farovon hayot kafolati

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni mamlakatimiz fuqarolarining ijtimoiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan muhim huquqiy hujjatlardan biridir. Ushbu qonun fuqarolarning qarilik, nogironlik hamda boquvchisini yo‘qotganlik holatlarida davlat tomonidan pensiya bilan ta’minlanish huquqini kafolatlaydi.

Qonunda pensiya tayinlash, hisoblash va to‘lashning huquqiy asoslari, fuqarolarning pensiya olish huquqlari hamda davlatning ushbu yo‘nalishdagi majburiyatlari aniq belgilab berilgan. Mehnat faoliyati davomida jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan fuqarolar uchun munosib turmush darajasini ta’minlash pensiya tizimining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda pensiya tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolarga qulay va shaffof xizmatlar ko‘rsatish, pensiya tayinlash jarayonlarini soddalashtirish hamda raqamlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu esa aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ayniqsa, keksalar va ehtiyojmand qatlam vakillarining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy siyosat markazida inson qadri, uning manfaatlari va munosib hayot kechirish huquqi turadi. Shu bois pensiya ta’minoti tizimini rivojlantirish, pensionerlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning hayot sifatini yaxshilash ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimi nafaqat ijtimoiy himoya vositasi, balki jamiyatda adolat va barqarorlikni ta’minlashning muhim omili sifatida ham alohida ahamiyat kasb etadi.