Новости

Последние новости

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi
DOIMIY KOMISSIYANING YIG ILISHI BO'LIB O'TDI

 DOIMIY KOMISSIYANING YIG ILISHI BO'LIB O'TDI

Xalq deputatlari tuman Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat
va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi
bo‘lib o‘tdi.


Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari, Kengash huzuridagi Ekspert-maslahat
guruhi hamda Yoshlar maslahat guruhi vakillari ishtirok etdilar.


Kun tartibiga muvofiq, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining xalq
deputatlari Quva tuman Kengashining 2026-yil 15-apreldagi “Tuman umumiy o‘rta
ta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar davomati, ta’lim
jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha
olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi VII-22-29-11-156-K/26-son Qarori
ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqidagi hisoboti
muhokama qilindi.


Muhokamalar davomida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning davomatini
yaxshilash, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga keng joriy etish
hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli tavsiya va
takliflar bildirilib, doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.
  

Slide 1 of 2