Новости

Последние новости

янв.21
33-sonli umumta’lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar faoli faoliyati va “Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rgandi.
янв.21
Aholi murojaati nazoratga olindi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 18-G‘oyibon saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputat M. Karimova o‘z saylov okrugidagi aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
O‘lkashunoslik muzeyiga tashrif buyurildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Mahalladagi mas’ullar faoliyati o‘rganildi

Qo‘qon shahar Kengashi deputati Feruza Kaxxarova tomonidan “Shaldiramoq” mahallasida navbatdagi qabul va o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi R.Shodmonov hamda ijtimoiy xodim U.Kenjaboyevning faoliyati tahlil qilindi.

Xususan, ijtimoiy xodim tomonidan 2026-yilning 2-choragi davomida kambag‘allik reyestrida ro‘yxatda turuvchi fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, nafaqa tayinlash va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

Ma’lum qilinishicha, hisobot davrida nafaqa tayinlash masalasi bo‘yicha 60 nafar fuqaro murojaat qilgan bo‘lib, ularning 14 tasi bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilingan va tegishli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.

Shuningdek, mahallada aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda fuqarolarning muammolarini manzilli hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida mas’ullar faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1