Deputat hududdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Abdinazarov o‘zi saylangan 3-Takiya saylov okrugi hududidagi “Takiya” mahallasida bo‘lib, mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Jumladan, deputat tomonidan “Takiya ota” ziyoratgohida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirilib, mazkur maskanda yaratilayotgan sharoitlar, qurilish ishlarining sifati hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tuman Kengashi qarori asosida yo‘l bo‘yidagi mahallalarda amalga oshirilayotgan zamonaviy devorlar (yevrozaborlar) qurilishi ishlari bilan ham tanishildi. O‘rganish davomida qurilish jarayonlarining borishi, foydalanilayotgan qurilish materiallari sifati hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Deputat tomonidan hududning yanada obod va ko‘rkam qiyofa kasb etishi, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlarni sifatli hamda o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram