Новости

Последние новости

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Viloyat hamda tuman deputati Qiziltepa tumanida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati D.Sharopova Paxtaobod mahallasida barpo etilayotgan 420 o‘rinli 30-son umumta’lim maktabi binosi qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova tashabbusi bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Maktab qurilishi jarayoni o‘rganildi
янв.21
Qurilish ishlari nazorat qilindi
Deputat o‘z saylovchilariga 2026-yilning 2-choragi yakunlari bo‘yicha axborot berdi

Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati B.Avliyoqulov 2026-yilning 2-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar, deputatlik faoliyati natijalari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan saylovchilarga axborot berdi. Tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Deputat o‘z hisobotida aholi murojaatlarini o‘rganish, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, mahalliy Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqilgan muhim masalalar yuzasidan qabul qilingan qarorlar haqida ma’lumot berdi. Hisobot davri mobaynida deputat tomonidan 1 marta deputat so‘rovi yuborilib, ijobiy javob olingani, doimiy komissiyalari faoliyatida faol ishtirok etilgani, davlat organlari va mansabdor shaxslarning hisobotlari eshitilishi jarayonlarida aholi manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgani ta’kidlandi. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar tashkil qilinib, ular tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar asosida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda qator amaliy ishlar olib borildi. Jumladan, hududlardagi yo‘l va ichki ko‘chalarni ta’mirlash, elektr ta’minoti, ichimlik suvi, sanitariya holatini yaxshilash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan masalalar deputatlik nazoratiga olindi. Shuningdek, deputat tomonidan mahalliy Kengashning Hududda amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar kiritilgani qayd etildi. Uchrashuv davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat va takliflar bilan chiqishdi. Barcha murojaatlar deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda nazorat o‘rnatilishi ma’lum qilindi. Tadbir yakunida deputat saylovchilarning ishonchini oqlash, aholi manfaatlarini himoya qilish va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi faoliyatini kelgusida ham izchil davom ettirishini ta’kidladi. Shu bilan birga, aholi bilan ochiq muloqot va hamkorlik deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishi qayd etildi. Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan deputatning hisoboti tinglanib, amalga oshirilgan ishlarga ijobiy baho berildi hamda hududni yanada obod va farovon qilish yo‘lidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4