Новости

Последние новости

янв.21
O‘lkashunoslik muzeyiga tashrif buyurildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Viloyat hamda tuman deputati Qiziltepa tumanida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati D.Sharopova Paxtaobod mahallasida barpo etilayotgan 420 o‘rinli 30-son umumta’lim maktabi binosi qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova tashabbusi bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Maktab qurilishi jarayoni o‘rganildi
Deputat fuqarolar fikrini o‘rgandi

Deputat fuqarolar fikrini o‘rgandi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zbekiston “Adolat” SDPdan saylangan, "20-Xirmontepa" okrugi deputati Malikova Saodat Talipovna Birlik mahallasida bo‘lib, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi hamda ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini o‘rgandi.

📈 Mazkur uchrashuv O‘zbekiston “Adolat” SDPning 2024-yilgi “Teng imkoniyatlar va adolatli jamiyat sari” nomli Saylovoldi dasturida belgilangan maqsad va vazifalar, xususan, “Fuqaro bilan yuzma-yuz” loyihasi doirasida aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning fikr va takliflarini o‘rganish hamda mavjud muammolar yechimiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.

📇 Muloqot davomida fuqarolar tomonidan ta’lim muassasalarida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va qabul jarayonlarining shaffofligi masalalari yuzasidan fikrlar bildirildi. Deputat ushbu masalalar bo‘yicha fuqarolarning taklif va mulohazalarini tinglab, mavjud muammolarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratdi.

💬 Shuningdek, uchrashuv davomida mahalla tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi, murojaatlar bilan ishlash sifati hamda aholini o‘ylantirayotgan masalalarga munosabati yuzasidan ham fikr almashildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar qayd etilib, ularni tegishli tashkilot va mutasaddilarga yetkazish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

🗂 Ta’kidlanganidek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonuni hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Mazkur qonun fuqarolarning murojaat qilish huquqlarini ta’minlash, murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

📁 Ko‘chama-ko‘cha o‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputatlik nazoratiga olinishi, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi hamda zarurat tug‘ilganda deputatlik so‘rovlari chiqarilishi qayd etildi.

Slide 1 of 5