Новости

Последние новости

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Viloyat hamda tuman deputati Qiziltepa tumanida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati D.Sharopova Paxtaobod mahallasida barpo etilayotgan 420 o‘rinli 30-son umumta’lim maktabi binosi qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova tashabbusi bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Maktab qurilishi jarayoni o‘rganildi
янв.21
Qurilish ishlari nazorat qilindi
Doimiy komissiyada Uchtepa tumani Elektr tarmoqlari korxonasining faolyati to'g'risidagi masala muhokama qilindi

Doimiy komissiyada Uchtepa tumani Elektr tarmoqlari korxonasining faolyati to'g'risidagi masala muhokama qilindi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning III chaqiriq 30-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalardan biri — Uchtepa tumani Elektr taʼminoti korxonasi tomonidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi masala ko‘rib chiqildi.

📁 Mazkur masala yuzasidan Uchtepa tumani Elektr ta'minoti korxonasi bosh muhandisi Qosimov Baxtiyor Bositovich tomonidan hisobot taqdim etildi. Hisobotda tumanda Elektr ta'minoti korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar doirasida 2026-yilga belgilangan reja hamda hozirgi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot eshitilib, tahlil qilindi.

💬 Doimiy komissiya raisi Avaz Xudayberganov hamda komissiya a’zolari — K.Abdullayeva, S.Djalalov hamda I.Tuxtasinovlar hisobotni tinglab, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 2026-yil manzilli dasturga asosan tumanda, 5 ta GKTP-630/10 kVAli turidagi yangi transformator nimstansiyasini o‘rnatish va 10 dona transformator punktlarida rekonstruksiya-modernizatsiya qilish ishlari belgilanganligi yuzasidan atroflicha savollar berildi.

⚡️ Tuman Elektr ta'minoti korxonasi bosh muhandisi B.Qosimov tomonidan ayni damda tumandagi Paxtakor, Istirohat, Nishabariq, Ko‘ksaroy, Bog‘ichinor mahallalariga yangi 5 komplekt 630/10 kVA li GKTP o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, shu kunga qadar Paxtakor, Ko‘ksaroy, Istirohat mahallalari hududida, jami 3 komplekt 630/10 kVA GKTP turdagi transformator nimstansiyalari o‘rnatish va tarmoqqa ulash jarayonida ekanligi ta'kidlandi.

📱 Komissiya yig‘ilishi Zoom platformasi orqali tashkil etilib, unda tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Usmanov, bosh mutaxassislar U.Abilov va Z.Kuziyevalar ishtirok etdilar.

📝 Muhokamalar yakunida barcha deputatlar tomonidan mazkur masalani sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan bir ovozdan qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 5