Новости

Последние новости

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Viloyat hamda tuman deputati Qiziltepa tumanida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati D.Sharopova Paxtaobod mahallasida barpo etilayotgan 420 o‘rinli 30-son umumta’lim maktabi binosi qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova tashabbusi bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Maktab qurilishi jarayoni o‘rganildi
янв.21
Qurilish ishlari nazorat qilindi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 20-“Yo‘lchilar” saylov okrugidan saylangan deputati G.Allanova hamda Kengash kotibiyati mudiri M.Kamolova tomonidan Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-410-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasida pedagog va texnik xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, xodimlarning mehnat xavfsizligi yuzasidan bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan tadbirlar holati tahlil qilindi.

Shuningdek, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnoma va jurnal hujjatlarining yuritilishi, xodimlarning dastlabki hamda davriy yo‘riqnomalardan o‘tkazilishi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartiblari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi.

Maktab hududi, sinf xonalari, yordamchi binolar va texnik xizmat ko‘rsatish xonalarida xavfsizlik talablariga rioya etilishi, elektr jihozlaridan foydalanish holati, sanitariya-gigiyena talablarining bajarilishi hamda xodimlar va o‘quvchilar uchun xavfsiz muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud holat yuzasidan mas’ul mutasaddilar bilan muloqot o‘tkazilib, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda qonunchilik talablarining to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettirilib, ta’lim muassasalarida xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarini yaratish, xodimlar hamda o‘quvchilarning hayoti va salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan ishlar muntazam monitoring qilib boriladi.

Slide 1 of 5