Новости

Последние новости

янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 1-Malikobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati G'.Safarov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qiziltepa tuman Kengashi raisi G.Rahmatova Gumbaz mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Abduraxim g‘ishtchi” xususiy korxonasi faoliyati yuzasidan kelib tushgan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U.Bobojonov hamda tuman hokimligi devonxona mudiri Sh.Rajabov bilan birgalikda tuman hokimligida fuqarolar qabul qilindi.
янв.21
Kambag‘allik reyestridagi oilalar holidan xabar olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining 16-Oboddiyor saylov okrugidan saylangan viloyat Kengashi deputati G.O‘roqova, "Adolat" SDP Qiziltepa tuman Kengashi raisi M.Eshmurodov hamda Qiziltepa tuman “Toza hudud” DUK xodimlari bilan birgalikda Furqat mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylar atrofida sanitariya holatini o‘rgandilar.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 23-Toshrabot saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova tomonidan O'rtaqo'rg'on mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI.
Deputat so'rovi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Madaminov Alisher Abdullayevich tumanimizda fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, mahallani obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish, Infratuzilmani yaxshilash masalalarini yanada takomillashtirish maqsadida Taxiatosh tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasi direktori U.M.Jumabayevga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

⚡️ Taxiatosh tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasi direktori U.M.Jumabayevga yo‘llangan deputatlik so‘rovida deputat:
🟢 Taxiatosh tumani “Taxiatosh” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Sharbag‘ ko‘chasi boshidagi Avtobus bekatini aholining qulay foydalanishi uchun ta’mirlash ishlariga zarurat tug‘ilayotganligi yuzasidan rasmiy javob olish maqsadida asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilishni so‘radi.

📥 Deputat Madaminov Alisher Abdullayevich mazkur so‘rov orqali mahalla aholisi uchun qulay yashash muhitini yaratish, mahallalarda mavjud muammolarga e’tibor qaratish va ularni hal etish jarayonlarini tezlashtirishni maqsad qilgan.

✍️ Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga binoan deputatlik so‘roviga javob 10 kun ichida taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot berish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Slide 1 of 1