Новости

Последние новости

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Viloyat hamda tuman deputati Qiziltepa tumanida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati D.Sharopova Paxtaobod mahallasida barpo etilayotgan 420 o‘rinli 30-son umumta’lim maktabi binosi qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova tashabbusi bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Maktab qurilishi jarayoni o‘rganildi
янв.21
Qurilish ishlari nazorat qilindi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–49-son qarori hamda mazkur hujjat ijrosini tashkil etishga qaratilgan Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining 2026-yil 26-fevraldagi VII-21-20-9-131-K/26-sonli qarori ijrosi o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida shaharda 2026-yilda jami 3 649 ta yangi ish o‘rni yaratish orqali aholi bandligini ta’minlash rejalashtirilgani hamda joriy yilning 5 oyi yakunlari bo‘yicha bir qator yo‘nalishlarda ijobiy natijalarga erishilgani aniqlandi.

Jumladan:

🔹 Investitsiya loyihalari hisobiga ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha reja 22 ta bo‘lib, amalda 23 ta ish o‘rni yaratilgan (104,5 foiz);

🔹 Xizmat ko‘rsatish va servis loyihalarini ishga tushirish hisobiga reja 86 ta bo‘lsa, amalda 113 ta ish o‘rni yaratilgan (131,4 foiz);

🔹 Bo‘sh ish o‘rinlari orqali bandlikni ta’minlash bo‘yicha reja 39 ta bo‘lib, amalda 74 ta ish o‘rni yaratilgan (189,7 foiz);

🔹 Qurilish sohasida reja 3 ta bo‘lsa, amalda 6 ta ish o‘rni yaratilgan (200 foiz);

🔹 Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturlari orqali reja 80 ta bo‘lib, amalda 185 ta ish o‘rni yaratilgan (231,3 foiz).

Shuningdek, norasmiy bandlikni qisqartirish va ish o‘rinlarini legallashtirish bo‘yicha ham qator natijalarga erishilgan:

🔸 Soliq yo‘nalishida reja 106 ta, amalda 123 ta (116 foiz);

🔸 Ijtimoiy xizmatlar yo‘nalishida reja 19 ta, amalda 29 ta (152,6 foiz);

🔸 Bandlik yo‘nalishida reja 24 ta, amalda 51 ta (212,5 foiz);

🔸 Transport yo‘nalishida reja 18 ta, amalda 16 ta (88,9 foiz);

🔸 “Mehnatsevar ayol” dasturi doirasida reja 11 ta, amalda 13 ta (118,1 foiz);

🔸 Qurilish yo‘nalishida reja 51 ta, amalda 53 ta (103,9 foiz) ko‘rsatkichga erishilgan.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga belgilangan ko‘rsatkichlarning to‘liq bajarilishini ta’minlash, mavjud zaxiralarni ishga solish hamda aholi bandligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Slide 1 of 2