Новости

Последние новости

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Viloyat hamda tuman deputati Qiziltepa tumanida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati D.Sharopova Paxtaobod mahallasida barpo etilayotgan 420 o‘rinli 30-son umumta’lim maktabi binosi qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova tashabbusi bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Maktab qurilishi jarayoni o‘rganildi
янв.21
Qurilish ishlari nazorat qilindi
“OLMAZOR TAJRIBASI” VA BUDJET MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH: DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILIShI BO‘LIB O‘TDI

Kun tartibidagi asosiy masalalar:

1️⃣ Yangi tizim asosida kambag‘allikni qisqartirish:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahrida “Olmazor tumani tajribasi” asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash hamda hokim yordamchilarini loyiha guruhlariga biriktirish.

2️⃣ Mahalliy budjet mablag‘larini ijtimoiy loyihalarga yo‘naltirish:
Shahar mahalliy budjetining 2026-yil II choragi (aprel–may oylari) davomida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan qo‘shimcha mablag‘larini maqsadli yo‘naltirish.

Mazkur masalalar yuzasidan Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari G‘.Toshov batafsil axborot berdi.

Ma’ruzachi quyidagi muhim jihatlarga to‘xtalib o‘tdi:
• Aholi farovonligi: Hududlarni yangi yondashuvlar asosida rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va 2026-yilda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar;
• Infratuzilmani yaxshilash: Yer uchastkalarini sotishdan tushgan qo‘shimcha mablag‘larni eng birinchi navbatda hududlarni obodonlashtirish, yo‘l-kommunal infratuzilmasini yaxshilash hamda ijtimoiy obodlikka qaratilgan loyihalarga yo‘naltirish.

Muhokamalar jarayonida komissiya a’zolari va deputatlar tomonidan:
🔹 Aholi bandligini ta’minlashda manzillilikni oshirish;
🔹 Mahalliy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash;
🔹 Ajratilayotgan budjet mablag‘larining har bir so‘midan samarali va ochiq-oshkora foydalanish yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatish bo‘yicha qator taklif hamda tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan barcha masalalarni atroflicha ma’qullash va tasdiqlash uchun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

🚀 Maqsadimiz — har bir hududni tizimli rivojlantirish va budjet mablag‘larining xalq manfaatlariga xizmat qilishini ta’minlashdir!

Slide 1 of 2