Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov, mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar “Mustaqillik” MFYdagi sport maydonchalarini borib ko‘rdi. O‘rganish davomida maydonchalardagi sport jihozlari, hududdagi tozalik va aholi uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ushbu maydonchalardan nafaqat yoshlar, balki mahalla aholisi va keksalar ham muntazam foydalanayotgani qayd etildi. Ayniqsa, ertalab va kechki paytlarda fuqarolar sport bilan shug‘ullanib, sog‘lom turmush tarziga amal qilayotgani ta’kidlandi.
Suhbat davomida sport maydonchalaridan samarali foydalanish, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish hamda bu yerda turli sport tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati