O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Ravshan Umarov Asaka mahallasidagi fuqarolar murojaatlari asosida hududdagi mavjud muammolarni ko‘rib chiqdi.
Mazkur jarayonda mahalla vakillari ham ishtirok etib, fuqarolar bilan mavjud muammolar yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.
Xususan, mahalla yashil maydonlarini sug‘orish tizimini takomillashtirish, ekologik muvozanatni saqlash hamda hududni obodonlashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati manzilli ravishda ko‘rib chiqildi va aniqlangan muammoli holatlar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.