Muloqot davomida: fuqaro To‘xtasinova Zilolaxon “Ozodlik” ko‘chasida voyaga yetmagan bir farzandi bilan keksa onasining uyida yashaydi. U uy ta’miri uchun yordam so‘ragan. “Yuksalish” ko‘chasida istiqomat qilayotgan uchinchi guruh nogironi Jo‘rayev Umidjon esa boshlangan uy-qurilish ishlarini yakunlash uchun mablag‘ masalasida yordam so‘ragan.
✅ Deputat tomonidan aholi vakillarining murojaatlari tinglandi hamda mutasaddilar bilan birgalikda hal etilishi belgilandi. Fuqarolar muammolari va takliflari bo‘yicha tegishli tashkilotlar rahbarlariga deputat surovlari yuboriladi.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi