Новости

Последние новости

янв.21
2026-yil 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma birinchi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan Xalqparvar komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududdagi ishlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suv ta’minoti holati jamoatchilik nazoratida
янв.21
Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 1-Malikobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati G‘.Safarov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qiziltepa tuman Kengashi raisi G.Rahmatova Malikobod mahallasida joylashgan ijtimoiy soha ob’yektlarida chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati M.Karimova, mahallada faoliyat olib borayotgan “mahalla yettiligi” a’zolari hamda faol nuroniy O.Ravshanov bilan birgalikda yaqinlashib kelayotgan 15-may — “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan tashkiliy uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 18-G‘oyibon saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati M.Karimova G‘oyibon mahallasi xodimlari bilan birgalikda fuqarolar murojaatlarini tingladi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 23-Toshrabot saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova O‘rtaqo‘rg‘on mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

HAFTALIK DAYJEST:

Yakunlanayotgan haftada Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar sarhisobi bilan tanishing:

 🏫 Deputatlik nazorati

👤Xalq deputatlari Sherobod tumani 9-G‘o‘rin-Xakimobod saylov okrugi deputati Y.Shoymanov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassis Sh.Xo‘janazarov ishtirokida Hakimobod mahalasida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasida deputatlik nazorati amalga oshirildi.

 📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi

📝 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma uchinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalarni atroflicha muhokama qilish maqsadida doimiy komissiyalarning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

 🔹 Deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi yuzasidan muloqot o‘tkazildi

👤 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 25-Tallashqon saylov okrugi deputati O. Tursunov tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi bo‘yicha Boyqishloq mahalla raisi bilan suhbat tashkil etildi.

 🌿 OBOD MAHALLA — FAROVON HAYOT GAROVI 

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S.To‘rayeva tashabbusi bilan “G‘ambur” mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borildi

Deputatlar mahalla yettiligi bilan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha uchrashdi

👤 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov hamda 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati N.Saidova tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida “Qo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

 📌 Mahallalarda olib borilayotgan ishlar o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston XDP Sherobod tuman Kengashi raisi M. Madarqulov tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida joylarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.

 📌 15-may – “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

🏛 Sherobod tumani hokimligi binosida 15-may – “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.

🎖 Tadbir davomida bir guruh namunali oilalar “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

📍 Quvonarlisi, mazkur nufuzli mukofot bilan Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi deputatlari N. Saidova, Z. Eshmurodova va S. To‘rayevalar ham taqdirlandi.

 🤝 HAMKORLIK VA OCHIQ MULOQOT

🏢 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 12-Cho‘mishli–Taroqli saylov okrugi deputati F. Shermuxamedova hamda “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi S. Ochilov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhining navbatdagi maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

🗓 Yig‘ilishda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish hamda aholining murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi.

 🏛 G‘urjak-2 mahallasida deputatlik nazorati o‘tkazildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 1-Yangiturmush saylov okrugi deputati S.Eshonqulov ishtirokida G‘urjak-2 mahallasida deputatlik nazorati tadbiri tashkil etildi.

 📌 Yoshlar maslahat guruhlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhlari a’zolari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishni Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov olib bordi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Sherobod tuman bo‘limi boshlig‘i Sh. Suvonovning Yoshlar ishlari agentligi Sherobod tuman bo‘limi tomonidan 2026-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti eshitildi.

Slide 1 of 1