❇️Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman deputati A. Abdumurodov tomonidan Olmazor MFY Esanboy qishlog‘idagi ichki ko‘chalarning holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida hududdagi yo‘llarning mavjud ahvoli, aholi uchun yaratilgan sharoitlar hamda infratuzilma bilan bog‘liq muammolar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
✅Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘llarni ta’mirlash va aholi uchun qulayliklarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berildi.
✍️Hududni obodonlashtirish va aholining turmush sifatini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.