✅Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N.Allayorova To‘rttom mahallasiga tashrif buyurib, hududdagi yo‘l infratuzilmasi holatini joyiga chiqib o‘rgandi.
✅ O‘rganish davomida ichki yo‘llarning sifati, ta’mirtalab uchastkalar hamda aholiga qulaylik yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Mahalla fuqarolari bilan muloqot davomida ularning taklif va muammolari tinglanib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
✅Hududda zamonaviy va sifatli yo‘l infratuzilmasini shakllantirish, aholining kundalik hayotini yanada yengillashtirish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi.