Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashiga O‘zLiDeP partiyasidan saylangan deputat Z.Turdimatov o‘ziga biriktirilgan “Buloqariq” mahallasida boshqaruv servis kompaniyasi, kommunal tashkilotlar, ekologiya yo‘nalishiadgi muammolarni
o‘rgandi. O‘rganishda Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi kotibiyat mudiri X.Ibragimova, ekologyai va iqlim o‘zgarishi shahar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari N.Abdukadirova hamda mahalla yettiligi ishtirok etdi. O‘rganish jarayonida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, boshqaruv kompaniyalariga tegishli muammolar, obodonlashtirish va veterinariyaga alqador muammolar aniqlandi. Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilolarga deputatlik so‘rovi chiqarishga kelishildi va ijrosi nazoratga olindi.