Новости

Последние новости

янв.21
G'oyibon mahallasida "Mahalla yettiligi" faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 25-Bobodo‘g‘i saylov okrugidan saylangan deputati Otabek Tilavov tomonidan tasdiqlangan reja asosida saylov okrugidagi ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M. Karimova, siyosiy partiyalar rahbarlari hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D. Qanoatov tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan "Tuman Adliya bo‘limining 2026-yil birinchi yarim yilligi davomida tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda huquqiy targ‘ibot holati to‘g‘risida"gi masala yuzasidan tuman Adliya bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov hududida istiqomat qiluvchi murojaatchi fuqarolar bilan navbatdagi qabul va uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
“ADOLAT” SDP QIZILTEPA TUMANI KENGASHINING VII-PLENUMI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Oqmachit mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
3-sonli texnikumdagi shart-sharoitlar o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi MDPT fraksiyasi a’zolari Mamatxonov Bahodir Mullajon o‘g‘li va Tojiyev Kozimjon O‘ktamovichlar hamda tuman Kengashi deputatlari M. Karimova va F. G‘oziyevalar bilan birgalikda 20-sonli oilaviy shifokorlik punktiga tashrif buyurildi.
янв.21
Deputatlar bilan muhim qonunlar mazmunini yetkazish masalalari muhokama qilindi
Yoshlarning startap tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 26-fevraldagi KQ-102-V-sonli “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish hamda mahalliy Kengashlar faoliyatida yoshlar ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur qaror yoshlarning muammolari, takliflari va tashabbuslarini joylarda tizimli o‘rganish, ularni mahalliy Kengashlar faoliyatiga keng jalb etish, yoshlar manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shu asosda Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Mahkamov Baxtiyor Shuhratovich tashabbusi bilan “Yoshlarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyiha orqali iqtidorli, tashabbuskor, zamonaviy fikrlaydigan yoshlarning innovatsion g‘oyalari o‘rganilib, ularni amaliyotga tatbiq etish, tadbirkorlikka yo‘naltirish hamda o‘z biznes tashabbuslarini shakllantirishlari uchun zarur tavsiyalar berib borilmoqda.

Loyiha doirasida yoshlar bilan muloqotlar tashkil etilib, ularning startap g‘oyalari, biznes rejalari, yangi xizmat va mahsulotlar yaratish bo‘yicha takliflari muhokama qilinmoqda. Shuningdek, yoshlarning mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishi, o‘z loyihalarini bosqichma-bosqich rivojlantirishi hamda kelgusida barqaror daromad manbaiga aylantirishi yuzasidan fikr almashilmoqda.

Ayniqsa, yoshlarning innovatsion tafakkurini rivojlantirish, ularni faqat ish izlovchi emas, balki yangi ish o‘rinlari yaratuvchi faol qatlam sifatida shakllantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu jihatdan mazkur loyiha yoshlarning bilim, qobiliyat va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, ularni tadbirkorlik muhitiga yaqinlashtirish hamda amaliy ko‘mak berishga xizmat qilmoqda.

Deputat tashabbusi bilan olib borilayotgan bunday ishlar yoshlar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ularning muammolarini joyida o‘rganish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalliy Kengashlar faoliyatida yoshlar manfaatlarini kengroq ifoda etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Mazkur loyiha yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni yangicha fikrlashga undash, innovatsion g‘oyalarini amaliy loyihalarga aylantirish hamda deputatlar va yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1