Новости

Последние новости

янв.21
2026-yil 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma birinchi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan Xalqparvar komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududdagi ishlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suv ta’minoti holati jamoatchilik nazoratida
янв.21
Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 1-Malikobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati G‘.Safarov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qiziltepa tuman Kengashi raisi G.Rahmatova Malikobod mahallasida joylashgan ijtimoiy soha ob’yektlarida chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati M.Karimova, mahallada faoliyat olib borayotgan “mahalla yettiligi” a’zolari hamda faol nuroniy O.Ravshanov bilan birgalikda yaqinlashib kelayotgan 15-may — “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan tashkiliy uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 18-G‘oyibon saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati M.Karimova G‘oyibon mahallasi xodimlari bilan birgalikda fuqarolar murojaatlarini tingladi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 23-Toshrabot saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova O‘rtaqo‘rg‘on mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

✅ Kun tartibidan joy olgan masalalar: (https://telegra.ph/Xalq-deputatlari-Qashqadaryo-viloyati-Kengashining-yettinchi-chaqiriq-yigirma-uchinchi-sessiyasi-KUN-TARTIBI-03-12)

🔴 Qashqadaryo viloyati mahalliy byudjetining 2026-yil boshidagi erkin qoldiq mablagʻlarini yoʻnaltirish toʻgʻrisida Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari – Qodirov Alisher Abdulaxatovich deputatlarga o‘z hisobotini taqdim etdi. (https://docs.google.com/document/d/1-atUeqn5ZRE_wi6ebf6NEooSqYBOrIyO/edit?usp=drive_link&ouid=107118519059841043473&rtpof=true&sd=true)

🔴 Viloyatda kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning ijrosi toʻgʻrisida Qashqadaryo viloyati kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi - Muxammadiyev Faxriddin Jalolovich o‘z hisobotlarini taqdim etdi. Mazkur masala deputatlar tomonidan muhokama qilindi. (https://docs.google.com/document/d/1ZqGjlJcj6mRuPpVjzIEoOT2t5EvuZ7vt/edit?usp=drive_link&ouid=107118519059841043473&rtpof=true&sd=true)

🔴 Viloyatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-389-sonli hamda 2025-yil 7-fevraldagi “Kashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-44-sonli qarorlari ijrosi toʻgʻrisida; (https://docs.google.com/document/d/11PMutGmyz873hqr0kFBSj5fKRVnu-wQE/edit?usp=drive_link&ouid=107118519059841043473&rtpof=true&sd=true)

🔴Viloyatda 2025-yilning ikkinchi bosqichda amalga oshirilmay qolgan drayver loyihalarni 2026-yilga oʻtkazish, Nishon tumanidagi samarsiz loyihani chiqarish va mablagʻini yetishmaydigan loyihalarga yoʻnaltirish hamda 2026-yil drayver loyihalarning 1-bosqichda amalga oshiriladigan qismini yoʻnaltirish toʻgʻrisida Qashqadaryo viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Bahrom Mahmadaliyev tomonidan deputatlarga hisobot berildi. (https://docs.google.com/document/d/1U7ENTPhIfu_efLkDsb1LHgloSFx7KmaN/edit?usp=drive_link&ouid=107118519059841043473&rtpof=true&sd=true)

🔴 Qashqadaryo viloyati mahalliy byudjetining 2025-yildagi ijrosi toʻgʻrisida Qashqadaryo viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Suxrob Saidov tomonidan deputatlarga hisobot berildi. (https://docs.google.com/document/d/1noQVV9baliSxDMhqCZiQyzZaOYaXJ-R-/edit?usp=sharing&ouid=107118519059841043473&rtpof=true&sd=true)

🔴 Viloyatdagi ayrim mahalla fuqarolar yigʻinlarining bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalarini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi “Uy-joy qurilish sohasini rivojlantirish, turar va noturar joy obyektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-11-sonli Farmoni ijrosi toʻgʻrisida Qashqadaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi Shaymardonov Rasul Maxmadaminovich tomonidan deputatlarga hisobot berildi (https://docs.google.com/document/d/1nr0l6CQ_xKjbeVWgxytMSgWP4myLxsmw/edit?usp=sharing&ouid=107118519059841043473&rtpof=true&sd=true). (https://docs.google.com/document/d/1noQVV9baliSxDMhqCZiQyzZaOYaXJ-R-/edit?usp=sharing&ouid=107118519059841043473&rtpof=true&sd=true)

🔴Qarshi va Shahrisabz shaharlaridagi jamoat transporti tizimida yangi, qoʻshimcha va ragʻbatlantiruvchi tariflarni joriy qilish toʻgʻrisida Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2024-yil 22 oktabrdagi “Qarshi shahrida transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi VI-82-144-4-0-K/24-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi boshligʻi Yazdanov Bobir Jobirovich tomonidan deputatlarga hisobot berildi. (https://docs.google.com/document/d/1N-o2bLUhqIc_zVu2d4GF693Q6Uz9YF0R/edit?usp=sharing&ouid=107118519059841043473&rtpof=true&sd=true)

🔴 Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) koʻmagida “Umumtaʼlim maktablarini yangi qurish va rekonstruksiya qilish” loyiha konsepsiyasi toʻgʻrisida Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Oripov Ubaydulla Suxrobovich tomonidan deputatlarga hisobot berildi. (https://docs.google.com/document/d/16fuM2yhCV3iqDqpdiG_DSV2E67hFxk6o/edit?usp=sharing&ouid=107118519059841043473&rtpof=true&sd=true)

🔴 Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida "Kadastr agentligi davlat kadastrlari palatasi” Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi Hamroyev Gʻayrat Sultonovich tomonidan deputatlarga hisobot berildi. (https://docs.google.com/document/d/151TUIUZjzC3eAYXlYJVkrzc8GR780_-F/edit?usp=sharing&ouid=107118519059841043473&rtpof=true&sd=true)

Slide 1 of 15