#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol
PQ-1-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zXDP a’zosi Shoxzoda Kurbanova “Elobod” mahallasida PQ-1-sonli qaror ijrosi bilan tanishdi.
O‘rganish davomida mahallada xavfsiz muhitni shakllantirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash hamda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahalla yettiligi, profilaktika inspektori va tegishli mas’ullar o‘rtasidagi hamkorlik, muammoli vaziyatlarni aniqlash, huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan profilaktik ishlarni olib borish hamda aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish va belgilangan vazifalar ijrosini muntazam nazorat qilib borish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.