“Yangi Tarnov” mahallasidagi TATU akademik litseyida Ma’naviyat va ma’rifat hamda Madaniyat bo‘limlari hamkorligida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning huquqiy va siyosiy bilimlarini oshirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
✅Tadbir davomida yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash hamda yoshlar huquq va manfaatlarini himoya qilishga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.
📖Jumladan, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-406, 14.09.2016-y.) mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi.
👩💼Tadbirda Yunusobod tumani Kengashi deputati I. Ashrapova ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Yoshlar — yurt kelajagi, ularning ma’naviyati esa taraqqiyotimiz poydevoridir!