Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov Javashar ota mahallasida hokim yordamchisi tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov tomonidan fuqaroning kadastr masalasiga oid murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 5-Samarqand saylov okrugidan saylangan deputati S.Kasimova mahallada yoshlar ishtirokida tashkil etilayotgan tadbirlar hamda ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Shovqiddinov tomonidan tuman hokimligi bosh mutaxassisi A.Begaydarov bilan hamkorlikda Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev hamda tuman hokimining o‘rinbosari — Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining yetakchi mutaxassisi I.Xatamov ishtirokida qurilish va kommunal sohalardagi mavjud holat hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning xavfsiz va sog‘lom muhitda ulg‘ayishini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 20-yanvardagi VII-20-6-7-100-K/26-son qarori ijrosi taminlanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 20-yanvardagi VII-20-6-7-100-K/26-son qarori ijrosi taminlanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov Nakurt mahallasida ko‘cha boshilari va mahalla oqsoqollari bilan uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar hamda mahalla hayotidagi yangiliklar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari O‘.Egamberdiyev tuman Davlat xizmatlari markazida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
YAKKASAROY TUMANIDAGI SHOTA RUSTAVELI KO‘CHASIDA PIYODALAR YO‘LAKLARINI YORITISH MASALASI DEPUTATLIK SO‘ROVI ORQALI KO‘TARILDI

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ YAKKASAROY TUMANIDAGI SHOTA RUSTAVELI KO‘CHASIDA PIYODALAR YO‘LAKLARINI YORITISH MASALASI DEPUTATLIK SO‘ROVI ORQALI KO‘TARILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan Yakkasaroy tumani “Rakat” mahallasidagi Shota Rustaveli ko‘chasida piyodalar yo‘laklarini yoritish tizimlarini ishga tushirish va fuqarolarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash masalasi yuzasidan Toshkent shahar hokimi Umurzakov Shavkat Buranovich nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Deputatlik so‘roviga Yakkasaroy tumani “Rakat” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisidan kelib tushgan murojaat asos bo‘lgan. Unda Shota Rustaveli ko‘chasining Muqimiy ko‘chasidan Bobur ko‘chasigacha bo‘lgan qismida piyodalar uchun mo‘ljallangan yoritish tizimlari ishlamayotgani qayd etilgan.

💡 Murojaatda bildirilishicha, Toshkent shahar hokimligi tomonidan Shota Rustaveli ko‘chasini rekonstruksiya qilish ishlari davomida piyodalar yo‘laklarini yoritish uchun maxsus tayanch ustunlari o‘rnatilgan. Biroq mazkur yoritish tizimlari hozirgi kunga qadar to‘liq ishga tushirilmagani sababli kechki va tungi vaqtlarda fuqarolarning harakatlanishida qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

🚶 Ayniqsa, ushbu hududdan muntazam foydalanadigan bolalar, keksa yoshdagi fuqarolar va boshqa piyodalar uchun qorong‘i vaqtlarda yo‘ldan xavfsiz o‘tish hamda piyodalar yo‘laklarida harakatlanish qiyinlashayotgani ta’kidlangan. Yoritish tizimlarining yetarli darajada ishlamasligi yo‘l-transport hodisalari yuzaga kelishi xavfini ham oshirishi mumkinligi bildirilgan.

🔎 Shu munosabat bilan deputat Vasila Alimova tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalari asosida Toshkent shahar hokimi Shavkat Buranovich Umurzakovdan Shota Rustaveli ko‘chasining Muqimiy ko‘chasidan Bobur ko‘chasigacha bo‘lgan qismidagi piyodalar yoritish tizimlarining texnik holatini mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish so‘ralgan.

🛠 Deputatlik so‘rovida o‘rnatilgan yoritish tizimlari nima sababdan hozirga qadar to‘liq ishga tushirilmaganini aniqlash, mavjud nosozlik va kamchiliklarni bartaraf etish, yoritish uskunalarini belgilangan tartibda ishga tushirish hamda ularning uzluksiz va soz ishlashini ta’minlash masalalari alohida ko‘tarilgan.

📋 Shuningdek, mazkur yoritish tizimlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish uchun qaysi tashkilot mas’ul ekanini aniqlash, tegishli tashkilotlarning vazifalari va javobgarligi yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talab etilgan.

♻️ Deputat Vasila Alimova tomonidan Toshkent shahar hokimligidan mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash, amalga oshiriladigan ishlar va ularning bajarilish muddatlari yuzasidan 10 kun ichida asoslantirilgan yozma javob taqdim etish so‘ralgan.

🤝 “Rakat” mahallasida piyodalar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish, Shota Rustaveli ko‘chasidagi mavjud yoritish tizimlarini to‘liq ishga tushirish hamda ularning barqaror faoliyatini ta’minlashga qaratilgan mazkur masala deputat Vasila Alimova tomonidan nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1