Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan tuman Madaniyat bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova xotin-qizlar bilan uchrashib, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 9-Botmon saylov okrugidan saylangan deputati Z.Turdiyev tomonidan aholiga yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi va uning huquqiy asoslari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova tomonidan fuqaroning murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M. Nurmanova tomonidan mahallalarda 2026-yilning III choragi davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev hamda tuman hokimi o‘rinbosari E. Mamadiyorov Yangiobod mahallasida aholi bilan uchrashib, fuqarolarning murojaat va takliflarini tingladilar.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov Javashar ota mahallasida hokim yordamchisi tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov tomonidan fuqaroning kadastr masalasiga oid murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 5-Samarqand saylov okrugidan saylangan deputati S.Kasimova mahallada yoshlar ishtirokida tashkil etilayotgan tadbirlar hamda ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Shovqiddinov tomonidan tuman hokimligi bosh mutaxassisi A.Begaydarov bilan hamkorlikda Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi o‘rganildi.
A.Navoiy ko‘chasini milliy va zamonaviy qiyofaga keltirish loyihasi muhokamada

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida A.Navoiy ko‘chasini milliy uslub va zamonaviy me’moriy yechimlar uyg‘unligida qayta shakllantirish loyihasi muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Kengash raisi O.Axmatshayev, kotibiyat mudiri A.Ermatov ishtirok etdi. Doimiy komissiya raisi E.Yunusov boshchiligida o‘tgan muhokamada shahar qiyofasini yanada obod etish, ko‘cha infratuzilmasini takomillashtirish va loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Shahar qurilish va uy-joy kommunal bo‘limi boshlig‘i A.Ahadjonov deputatlarga A.Navoiy ko‘chasini milliy uslubda va zamonaviy ko‘rinishga keltirish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha taklifi chizmasini taqdim etdi. Unda ko‘chaning me’moriy qiyofasini yangilash, tungi bezak chiroqlarini o‘rnatish va hududni obodonlashtirishga qaratilgan yechimlar namoyish etildi.

Deputatlar loyiha chizmasi bilan tanishib, uning turli jihatlari yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Muhokamada Marg‘ilon shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi R.To‘xtasinov ham o‘z munosabatini bildirib, loyihani shaharsozlik va infratuzilma talablari bilan uyg‘un holda amalga oshirish masalalariga to‘xtaldi.

Shuningdek, yig‘ilishda ekspert-maslahat guruhi a’zosi, “Nuroniy” jamg‘armasi shahar bo‘limi boshlig‘i S.Toshpo‘latov ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarni saqlash va yashil maydonlarni muntazam sug‘orish imkonini beruvchi tizimni ham loyiha doirasida ko‘zda tutish yuzasidan takliflarini ilgari surdi.

Muhokamalar davomida loyiha nafaqat ko‘chaning tashqi ko‘rinishini yangilash, balki uning qulayligi, obodonligi va uzoq muddat davomida saqlanib qolishini ta’minlash nuqtayi nazaridan ham ko‘rib chiqildi.

Zero, shahar qiyofasini o‘zgartirish — bu shunchaki binolar va ko‘chalarni bezash emas. Bu milliy o‘zlikni aks ettiradigan, zamonaviy talablarga javob beradigan va aholi uchun qulay muhit yaratishga xizmat qiladigan yaxlit yondashuvdir.

Slide 1 of 9