Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining VII-20-5-7-100-K/26-sonli qarori ijrosi taminlanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yil 23-oktabrdagi DKQ03-04/101-26-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-sentabrdagi PF-206-sonli Farmoniga asosan Payariq tumanining 2026-yil kuzgi mavsumi uchun “Yashil dasturi” tasdiqlandi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF-193-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Payariq tumanida kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha tizimli hamda manzilli ishlar olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Isroilova ishtirokida xotin-qizlar bilan suhbat tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputati Xudoyberdiyeva Xusniya Buriboyevna hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan yaqindan muloqot qilib, ularning faoliyati, mavjud muammolari hamda kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova xotin-qizlar bilan yaqindan muloqot qilib, ularning bandligini ta’minlash, ish bilan ta’minlanish borasidagi murojaatlari hamda mavjud muammolarini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-407-sonli “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash jarayonida fuqaro imtiyozli kredit olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
“Yalang‘och ota” mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 22-“Charxini ko‘prigi” saylov okrugidan saylangan deputat G.Rasulova tomonidan “Yalang‘och ota” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlar bilan ta’lim-tarbiya, bilim olishga bo‘lgan intilish, kasb-hunar egallash hamda kelajakda jamiyatga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis bo‘lib voyaga yetish masalalari yuzasidan suhbat olib borildi.

Shuningdek, o‘quvchilarga bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni rivojlantirish, milliy qadriyatlar va odob-axloq qoidalariga rioya qilish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish hamda o‘z oldilariga aniq maqsadlar qo‘yishning ahamiyati tushuntirildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Yoshlarning intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli ta’lim olishi va har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuvning muhim mavzularidan biri giyohvandlikning oldini olish masalasi bo‘ldi. Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalarining salbiy oqibatlari, bunday illatning inson salomatligi, ta’limi, oilasi va kelajagiga yetkazishi mumkin bo‘lgan zararli ta’siri haqida tushuntirishlar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7