Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish masalalariga e’tibor qaratmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan 2026-yil 10-sentabrdagi KQ-393-V-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaror mazmuni ham muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida Payariq tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yil 16-oktabrdagi DKQ03-01/96-26-son qarori imzolandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, uchinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Samarqand suv ta'minot" AJ tuman filiali boshlig'i J.Abdullayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov Javshar ota mahallasida mahalla raisi hamda hokim yordamchisi bilan uchrashib, aholi bilan ishlash, fuqarolarning bandligini ta’minlash va ularning moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari yuzasidan suhbatlashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh. Mamayusupov ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan tuman Madaniyat bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova xotin-qizlar bilan uchrashib, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratdi.
“QO‘SHCHINOR” MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH BO‘YICHA ISHLAR OLIB BORILMOQDA

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Yu. Ibragimov tomonidan “Qo‘shchinor” mahallasida aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud uzilishlarni bartaraf etish hamda elektr ta’minoti barqarorligini oshirish masalasi yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.

🔌Ayni paytda hududda elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida yuqori kuchlanishga mo‘ljallangan elektr kabelini o‘tkazish va yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.

✅Mazkur ishlar hududdagi elektr tarmog‘ining barqarorligini ta’minlash, iste’molchilarga sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish hamda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan.

⚖️Ushbu ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonuni talablaridan kelib chiqib, iste’molchilarning elektr energiyasidan ishonchli va sifatli foydalanish imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan.

📌Deputat tomonidan ishlarning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi, shuningdek, aholining elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlari ijrosi yuzasidan nazorat davom ettiriladi.

Slide 1 of 3