Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish masalalariga e’tibor qaratmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan 2026-yil 10-sentabrdagi KQ-393-V-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaror mazmuni ham muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida Payariq tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, uchinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yil 16-oktabrdagi DKQ03-01/96-26-son qarori imzolandi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Samarqand suv ta'minot" AJ tuman filiali boshlig'i J.Abdullayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov Javshar ota mahallasida mahalla raisi hamda hokim yordamchisi bilan uchrashib, aholi bilan ishlash, fuqarolarning bandligini ta’minlash va ularning moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari yuzasidan suhbatlashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh. Mamayusupov ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan tuman Madaniyat bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova xotin-qizlar bilan uchrashib, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratdi.
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi

#kotibiyat_mudiri

#deputat_faoliyati

#kotibiyat_xodimi_faoliyati

#24_ta_masala

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: “Birdamlik” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi

Bandixon tumanida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allik darajasini qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini baholash maqsadida tizimli deputatlik nazorati choralari ko‘rilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev 8-Birdamlik saylov okrugidan saylangan deputat B.Rajabov saylov okrugiga qarashli "Birdamlik" MFYda bo‘lib, “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida mahalla hokim yordamchisining ish faoliyatini o‘rgandi.

Monitoring jarayonida elektron axborot tizimlaridagi ma’lumotlarning amaldagi holatga muvofiqligi, yangi ish o‘rinlari yaratish parametrlari, fuqarolarga ajratilayotgan imtiyozli kredit va subsidiyalarning samaradorligi atroflicha ko‘rib chiqildi. 

O‘rganishlar yakunida mahalladagi mavjud imkoniyatlarni to‘liq safarbar qilish, aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul xodimga tegishli vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 1