Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 34-Paxtakor saylov okrugi deputati A.Raxmonov hamda tuman Kengashi raisi R.Tashpulatov Birlashgan mahallasida joylashgan 5-sonli umumta’lim maktabi hamda ayni vaqtda poliklinika sifatida faoliyat yuritayotgan bino holati bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida mazkur ijtimoiy obyektlarning bugungi holati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, mavjud shart-sharoitlar hamda foydalanish samaradorligi atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, obyektlardagi mavjud muammolar, infratuzilma holati va aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. Aniqlangan masalalarni bartaraf etish, ijtimoiy obyektlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ulardan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
Muloqot yakunida aholiga sifatli ta’lim va tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish hamda mahalladagi ijtimoiy obyektlar faoliyatini yana-da takomillashtirish muhim vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi